Nasyaga dollar

Assalomu alaykum! Nasyaga so‘m olib dollar qilib qaytarsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasiyaga so‘m olib deganda sarfni ya’ni, pul almashtirishni dollarga so‘m sotib olishni nazarda tutyapgan bo‘lsangiz mumkin emas. Tilla, kumush dollar va boshqa pul birliklarida nasiya savdo joiz emas. So‘mda qarz olib keyin dollarda qaytarib berishni nazarda tutyapgan bo‘lsangiz bu joiz. Faqat so‘mda olib dollarga o‘sha kungi narxda hisoblab qo‘yish mumkin emas. Qarz qaytarib berilgan kunning narxida qaytarilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar