Tahoratni to‘g‘ri qilganmanmi?
Assalomu alaykum! Erkak kishidan kichik hojatdan so‘ng yana oz miqdorda bavl keladi shuning uchun istinjodan so‘ng qog‘oz qo‘yib olishni maslahat bergan edingiz.Bu savolni takror bo‘layotgani uchun uzur so‘rayman.Ben bir tanishim bilan bahslashib qoldim.Men:tahoratdan oldin istinjoni suv bilan qilib so‘ng 30 daqiqa vaqt kutaman.Hamma bavl tushib bo‘lishi uchun shuncha miqdorda vaqt o‘tsa bo‘ldi degan edingiz.Shundan so‘ng tahoratni qilman. qo‘limni yuvish bilan boshlayman.Tanishim esa yoq bu hato men: istinjoni qog‘oz bilan qilaman.So‘ng tahoratni oldi orqa ikki avrat yuvish bilan boshlayman.So‘ng qo‘l yuvish bo‘ladi deydi yani tahorat avrat yuvish bilan boshlanadi deydi .Men bu avrat yuvish bilan boshlanishini bilmas edim.Shunda seniki hato deydi.Men 30 daqiqa oldin yuvaman so‘ng bavl chiqib bo‘lishini kutaman desam.Bavl chiqsa yana istinjo qilasan dedi .Meni tahoratim hatomi?Tahorat avrat yuvish bilan boshlanadimi? 2)bu savol ham tahorat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun berayapman.yana u agar ison namozda bel qismi ochilsa tahorat biziladi.agar uni orqasidagi namoz o‘qiyotgan odam ko‘rsa uni ham tahorati buziladi deydi.shu to‘g‘rimi?.ALLOH qilayotgan ishlaringizni jannat bilan mukofotlasin(amin)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat qo‘lni yuvishdan boshlanadi. Mabodo hojat chiqarilsa va atrofiga choplashib ketsa avval u erni yuvib keyin tahorat boshlanadi. El chiqsa, uyqudan tursa, tishi qonasa kabi holatlarda jinsiy a’zolarni yuvishga hech qanday hojat yo‘q. Avrat ochilsa ham tahorat buzilmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat