Videoroliklarda ayollar

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda ibratli videoroliklar soni ko‘paymoqda, ammo ibratli bo‘lishiga qaramay, bazi ibratli roliklarda ham ayollar ro‘molsiz xolatda bo‘lishadi. Ayniqsa, Azon Tv - "Yo‘lovchi" dasturida yo‘lovchilarga savol qo‘yishadi. Vaholanki, bazi ayol yo‘lovchilar ro‘molsiz xolatda bo‘lishadi. Shunday ko‘rsatuvlar chiqarish joizmi? Savol berish sababim: o‘zim ham blogerman - shu "Yo‘lovchi" dasturiga uxshash bir ko‘rsatuv chiqarmoqchi edim. (Ko‘chadagi, sotuv markazlaridagi odamlarga islomdan savollar berib - to‘g‘ri topgan odamga sovg‘a berib deganday.) Shuni xukmi qanday? Shu ishni boshlashdan avval axli ilmlardan bir maslaxat olishni lozim deb topdim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz, lekin u ayollarni ham reklama darajasiga chiqarib qo‘ymangda. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar