Portaldagi savol javobi

Assalomu alaykum! Savollar.muslimaat.uz saytida savol javob bo‘lgan ekan. O‘g‘limni ismi Qodirjon o‘zgartirish kerakmi Allohni ismlaridanku hamma uni Qodir deb chaqiradi? Javob Qodir deb chaqirsa joiz. Ismini o‘zgartirish shart emas deb javob berishibdi. Qodir ismini o‘zgartirish kerakmi? AbdulQodirga yoki Qodir bo‘laverdimi? 2. Allohni 99 ismlarining hammasiga Abdu qo‘shib qo‘ysa bo‘ladimi yoki bazilariga shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qodir joiz bo‘lsada, Abdulqodir bo‘lsa bandalikka yarashadi. Ba’zilariga abd shart ham emas, chunki Alloh taolo o‘sha 99ta sifatlaridan ba’zilarini payg‘ambarlariga ham ism qilib bergan. Masalan ar-Rouf ar-Rohiymlar. Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi:   لَقَدْ جَاءكُمْ رَسُولٌ مِّنْ أَنفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ عَلَيْكُم بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ۝ 128. Batahqiq, sizlarga o‘zingizdan bo‘lgan, mashaqqat chekishingiz uning uchun og‘ir bo‘lgan, sizni ardoqlovchi, mo‘minlarga mushfiq, mehribon Rasul keldi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:43 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar