Men ayolim bilan ajrashib to‘g‘ri ish qildimmi?
Assalomu alaykum! Men 2007 yilda bir qizga ko‘ngil qo‘yib uylandim. 2008 yilda o‘g‘il, 2009 yilda qiz farzandlik bo‘ldik. Farzandlik bo‘lganimizdan keyin men boshqa mamlakatga ishga ketdim va bir yilda qaytib keldim. Qaytib kelganimda ayolim qandaydir "ESKIChA" ish qilib pul topayotgan ekan. Bu ishing nimasi deb so‘rasam, u menga siz yo‘qligizda ancha mazam bo‘lmadi, “domla” bo‘ynimga olib, shu ishni qilishni buyurdi deb javob berdi. Sog‘ligi uchun bo‘lsa mayli deb indamay yashayverdim. Ammo vaqt o‘tgan sayin ayolim g‘alati ishlar qila boshladi, ya’ni kartadan fol ochish, qabristondan odamlarga tuproq opkeltirib dam solishlar va boshqa ishlarni qila boshladi. Bundan tashqari ayolim “men unikiga bunikiga o‘qishga ketyapman” deb ketib, ertasi kuni yoki kechga mast xolda kirib keladigan odat chiqardi. Maxallada xam gap so‘zlar chiqib ketdi. Ikki nafar farzandim bo‘lgani uchun 8 yil chidab yashadim. Oxiri 2015-yil ajrashishga qaror qilib uydan chiqib ketdim. 2017-yilda sobiq ayolim meni alimentga berdi. Xozirda ikki farzandimga aliment to‘layapman. Alimentni olyapti, ammo farzandlarimni men xoxlagan paytimda ko‘rsatmayapti, ko‘rsatsa xam faqat o‘zi ishtirokida ko‘rsatyapti. Yarashsangiz bolalaringiz doim yoningizda bo‘ladi bo‘lmasa yo‘q deyapti. Farzandlarimi ber desam bermayapti. Men ajrashib to‘g‘ri qilganmanmi? Iltimos javob bering. Farzandlarimni sog‘inib vijdonim qiynalib ketdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri qilgansiz. Chunki folbinlik qiluvchilarning iymoni shubhali bo‘ladi, ular bilan qilingan nikoh ham bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! To‘g‘ri qilgansiz. Chunki folbinlik qiluvchilarning iymoni shubhali bo‘ladi, ular bilan qilingan nikoh ham bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush