Ruku va sajdada ko‘p zikr aytish

Assalomu alaykum! Shu vaqtgacha rukuda subxana robbial aziymni va sajdada subxana robbial a’lani 3 martadan aytib namozlarimni ado qilib kelyapman, endi 3 martadan ko‘proq aytish afzalligini bilib 5 martagacha aytyapman. Ammo ba’zida rukuda 5 marta aytish yodimdan ko‘tarilib 3marta aytaman va sajdaga kelganda 5 marta aytaman, bu sanoqlar rakatlar orasida xam xar xil bo‘lib qoladi ba’zida. Savolim shuki qay xolatda bo‘lmasin 3 martadan kam bo‘lmasa namozim ado bo‘laveradi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ado bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 190 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar