Fitnali savolga javob
Assalomu alaykum! Ustoz dinga shibxasi bor bir odam savol berdi. U aytdiki: "Alloh shaytonni yaratib va uni kelajakda ko‘plab insonlarni yoldan ozdirib, do‘zaxga kirishiga sababchi bo‘lishini bilar edi. Alloh shularni bilib turib shaytonni yaratdi.Alloh shaytonni yaratmasligi mumkin edi.bu yerda mantiq yo‘q."- dedi. Keyin men u odamga: Alloh taolo odamlarni yaratmasdan avval djannat va do‘zaxni yaratdi va djannat uchun djannat ahlini, do‘zax uchun do‘zax ahlini yaratdi. alloh hechqachon insonni majburlab zulm qilib do‘zaxga kirgizmaydi! balki inson haq (yaratuvchining hidoyati) kelganida o‘z xoxishi bilan iymon yo kufr yo‘lini tanlaydi!!! va haq kelganida uni tasdiqlab iymon yo‘lini tanlagan inson djannatga , haq kelganida uni rad etib kufr yo‘lini tanlagan inson do‘zaxga kiradi va unda abadiy qoladi. bu yo‘lda alloh bandasiga uning hidoyat yo‘lini tanlashi uchun ko‘plab imkoniyatlar beradi. alloh kimni duzahga kirishinhi iroda qilsa u inson o‘z xoxishi bilan shu yo‘lni tanlagan bo‘lib chiqadi.banda djannat yoki do‘zaxga olib boruvchi yo‘lni alloh o‘zining kalomi(qur’on)da batafsil ko‘rsatgan. alloh hechqachon bandasiga zulm qilmaydi. alloh nimani iroda qilishni xoxlasa uni bu yo‘ldan to‘sadigan hech bir kuch yo‘q."- dedim. Va bu javobim uni qoniqtirdi. Meni o‘ylantirgan narsa meni bu javobim din tomonlama to‘g‘ri bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo insonga aql degan ne’mat berib, unga halol va haromni bildirib, bandasiga tanlash imkoniyatini ham beradi. Banda qaerga borishini o‘zi tanlash imkoniyatiga ega. Gunohni bilib turib o‘sha yo‘lga yursa, o‘sha boradigan manzilini o‘zi tanlagan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 171 | Islam