Kalitning tishlari xaqida

Assalomu alaykum! "Jannatning kaliti namoz, Kalitning tishlari Xalol luqma" shu xadis mavjudmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni siz keltirgan so‘zlar bilan hadis borligini bilmaymiz. Jannatning kaliti namoz haqidagi sahih hadis quyidagicha keladi: عن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : "مِفْتَاحُ الْجَنَّةِ الصَّلاًةُ، وَمِفْتَاحُ الصَّلاَةِ الوُضُوءُ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannatning kaliti namoz, namozning kaliti tahorat”, dedilar”, dedi.
Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar