Shirk keltirib qo‘ymadimmi?

Assalomu alaykum! Bir yilcha oldin uylandim, biz tomonlarda ancha uzoq vaqtlardan beri qolib kelayotgan (to‘y kuni kelinni elkada ko‘tarib olovdan aylantirish) urf-odat bor. Men ham to‘yim kuni shu urf-odatni qilganman. Aytingchi bu qilgan ishim bilan Allohga shirk keltirib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tgan ishga salovat. U bid’at odat. Tavba qiling, istig‘for ayting kunlik besh vaqt namozlarni o‘z vaqtida o‘qing. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar