Hadisiy savol

Assalomu alaykum! Men bir hadisni o‘qib qoldim. Ammo biroz mazmuniga tushuna olmadim. Sizlardan iltimos ushbu hadis sharhini bayon qilib bersangizlar. Hadis qo‘yidagicha: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: Ey Allohning Rasuli bizdan bir odamning ko‘nglidan shuday fikrlar o‘tadiki, o‘sha ichidagi fikrini birovga aytgandan ko‘ra ko‘mirga aylanib qolishi u uchun yaxshidek tuyiladi, dedi. U zot: «Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar. Shaytonning makrini vasvasaga qaytargan zotga hamdu sanolar bo‘lsin», dedilar». Ushbu hadisni manosini tushunmadim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!  O‘sha kelgan xayollarga qiyomatda javobgarlikka tortilmaydi. Balki bu shaytonning vasvasasi xolos deb e’tibor qilinadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 177 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar