G‘ayridin bergan qo‘yni qurbonlik qilish

Assalomu alaykum! Men rossiyadaman, ishxonamizdan xar yili qurbon xayitiga qo‘y olib beradi. Shuni biz qurbonlik qilib so‘yamiz va xammamiz bo‘lishib olamiz. Boshliq musulmon bo‘lmagan odam. Shunga maslaxat berengizlar, qurbonligimiz xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon bo‘lmagan inson sizlarga qo‘y hadya qilsa, olishlaringiz joiz. Bo‘lishib olishlaringiz ham joiz. Ammo bitta qo‘y bir necha kishidan qurbonlik bo‘lmaydi. Bir qo‘y bir kishi tomonidan ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 155 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar