Ustaxonada qolib ketgan narsalar

Assalomu alaykum! Men ustachilik bilan shug‘ullanaman. Ko‘p mijozlar texnikalarini ta’mirlatish maqsadida menga xar xil turdagi misol uchun televizor, tyuner, telefon va boshqa maishiy uskunalarini tashlab ketishadi. Ko‘pchilik mijozlar eslaridan chiqibmi yoki boshqa sabab olib ketishmaydi. Shu qolgan uskunalar ko‘p yillar xam qolib ketadi, men ularni extiyot qismlaridan foydalanib yoki sotsam bo‘ladimi? Agar kutish kerak bo‘lsa qancha muddat kutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egalaridan so‘rang. Daftar tutib olingda, kim nima tashlab ketsa nomeri yoki adreslarini yozib oling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar