Dasturchilar uchun

Assalomu alaykum! Men xozir dasturchilikni o‘rganib kelmoqdaman. Yaqinda bir sayt ochmoqchi edim. U saytga turli xil chet el va milliy qo‘shiqlar matnini joylab borishni rejalashtirayotgan edim. Ammo dinimizda qo‘shiq eshitish mumkin emasligini bilib qoldim va bu saytni ochmaslikka qaror qildim. Savolim shuki: dasturchilarga qanday dasturlar tuzish va qanday saytlar ochish mumkin emas? Ba’zi bir dasturchilar bilib bilmay mumkin bo‘lmagan narsalarni qilib qo‘yishi mumkin. Xuddi men qo‘shiqlar matnlari saytini ochmoqchi bo‘lganim kabi. Javoblar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz, Alloh taqvoda bardavom qilsin. Musulmonlarga ma’rifat ulashuvchi va shariat harom qilmagan narsalar bilan shug‘ullanuvchi saytlar qilishda shar’an mone’li yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar