Ovqat pulini ortiqcha olsa halolmi?

Assalomu alaykum! Ishxonamizda ovqatlanishga pul belgilanmagan. Kim nima esa eb, kassadan pul olib beriladi. Deyarli hamma ishchilar bir xil miqdorda ovqatlanadi. Man hammadan puli kam narsa emoqdaman, lekin kassadan hamma egandaka pul miqdori so‘ramoqdaman. Ishxonada ovqat puli belgilanmagan, nima eyish ham, men shu ortgan pulni o‘zimga olsam bo‘ladmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Ishxona ovqatingiz uchun aniq miqdor belgilagan bo‘lsa, undan ortig‘ini olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar