Murtad hisoblanadimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, o‘zbek oilasida xech qanday diniy tushunchasiz tug‘ilib-o‘sib, rus yigitga turmushga chiqib va u oilada nasroniy dinini qabul qilgan ayol murtad bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo "Baqara" surasi 221-oyatida marhamat qiladi: «Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang». Ya’ni mo‘minalarni ularning nikohiga bermang. Muslima-mo‘mina ayollar musulmon dinidagi erkakdan boshqa erkakka turmushga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Agar u erkak Islomga kirib, mo‘min bo‘lsagina, ruxsat bo‘ladi. Hatto erkak yahudiy yoki masihiy dinida bo‘lsa ham, muslima ayolning unga nikohlanishi harom. Faqat musulmon erkak bo‘lishi shart. Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom: «Biz ahli kitobning ayollariga uylanamiz, ular bizning ayollarimizga uylanmaydilar», – deganlar. Xuddi ayollarga o‘xshab, erkaklar fazlining o‘lchovi ham iymondir: «Shubhasiz, mo‘min qul mushrikdan, gar u sizni qiziqtirsa ham, yaxshidir». Ya’ni erkak kishi qul bo‘lsa ham, mo‘min bo‘lsa, bas, boshqa iymonsiz erkaklardan yaxshidir... Erkak bo‘lsin, ayol bo‘lsin, iymonsizligi, mushrikligi juda yomon, kim ular bilan aloqada bo‘lsa, xususan, nikoh kabi muqaddas va nozik aloqada bo‘lsa, kasofati uradi. Urganda ham, eng hassos nuqtada – aqiyda bobida uradi va inson o‘z turmush o‘rtog‘iga ergashib, dinidan chiqib ketishi xavfi bor. Shuning uchun oyatda: «Anavilar o‘t-olovga chaqirarlar», – deyiladi. Anavilar (mushriklar) o‘zlari bilan birga bo‘lganlarni mushriklikka, bu degani, do‘zax o‘tiga chaqiradilar. «Alloh esa O‘z izni ila jannatga va mag‘firatga chaqirar hamda odamlarga O‘z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, eslatma olsalar». Shuning uchun Alloh taoloning bayon qilib bergan oyatlariga amal qilib yashash kerak. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). U ayol ham barcha kabi fitratda tug‘ilgandir. Agar ota-onasi musulmon bo‘lishgan bo‘lsa va yana tug‘ilganida musulmonlar odatlarini bajo keltirgan bo‘lsalar, ya’ni quloqqa azon chaqirish kabi, u ayol musulmon bo‘lgan. Bu borada men Islomni qabul qilmaganman deyish noo‘rin. Chaqaloq hech narsaga aqli etmagani bilan ota-ona shuni iroda etgan bo‘lsa, shu kifoya. Nasorolikda ham xuddi shundaydir. Chaqaloqni ta’mid qilinganidan keyin nasoro bo‘lgan hisoblanadi. Murtad va kofir ma’nolarini yaxshi anglab olishimiz kerak. Murtad so‘zi «irtadda» fe’lidan bo‘lib, qaytdi, ya’ni so‘zidan qaytdi ma’nosini bildiradi. Oldin musulmon bo‘lib, keyin boshqa dinga o‘tgan kishini murtad deyiladi. Chunki, u oldin «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning quli va elchisidir», deb guvohlik berib, keyin bu so‘zidan qaytdi. Bu borada chaqaloqlikligida ota-onasi unga shu dinni ixtiyor etib, Islom odatlarini bajargan bo‘lsa, keyinchalik u katta bo‘lib, boshqa dinni tanlagan bo‘lsa ham murtad hissoblanadi. Kofir so‘zi «kafara» fe’lidan bo‘lib, inkor etdi ma’nosini bildiradi. Ya’ni Allohning borligini inkor qilgan kishiga kofir deyiladi. Bu so‘z asosan ateislarga qo‘llanadi. Chunki ular Xudo borligini tan olishmaydi, inkor etishadi. Boshqalarga ham qisman, juz’iy ravishda qo‘llanadi. Allohni tan olgan, Uning ba’zi sifatlari, ne’matlarini yoki Islomning ba’zi ahkomlarini inkor etgan kishilarga juz’iy ravishda qo‘llanadi. Islomni qabul qilmay nasroniy dinini qabul qilganlarga murtad va kofir so‘zi qo‘llanilmaydi. Ularni Islom ta’limoti bo‘yicha nasoro, masihiy yoki ahli kitob deyiladi. Islomda ahli kitoblar bilan muomila ta’limoti bo‘lib, shunga ko‘ra ular bilan yaxshi muomilada bo‘linadi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 171 | Aqiyda