Kichik jarohatlarda tahorat

Assalomu alaykum! Men ayrim hollarda tanamning biror azosini kichik jarohatlab olmoqdaman, yaradan oquvchi qon, yiring, oq suv va shunga o‘xshashlar chiqmasa, tahorat ketmasligini bilib oldim, lekin yangi tahorat olayotganimda o‘sha jarohat o‘rniga suv kirib, o‘sha narsalarni o‘zi bilan olib chiqmasmikin? Suv bo‘shliqni to‘ldirish hususiyatiga egaku deb o‘ylab qoldim, kichik jarohatlar ham tez bitmas ekan, 1) tanada kichik jarohatlar bo‘lsa tahorat qanday qilinadi? 2) kichik jarohatga suv kirsa ham tahorat buziladimi? 3) kichik jarohatga kirgan suv o‘zi bilan o‘sha narsalarni olib chiqishi mumkinmi? 4) kichik jarohatlarni tezda bartaraf etishni qanday tadbirlari mavjud?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiq jarohat bo‘lmasa suv kirib narsani olib chiqadi degan fikrga borish noto‘g‘ri. Agar ochiq jarohat bo‘lsa biror mato bilan jabira qilib bog‘lab ustiga mash tortasiz. Tezda bartaraf etish masalasini bilish uchun doktorga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 163 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar