Abortiga sherik bo‘lib qolmaymanmi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, javoblaringiz uchun ming tashakkur, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Men akusher-ginekologman va shu bilan birga ultratovush vrachi. Shu paytgacha faqat chala tushgan yoki rivojlanmagan xomilalarni abort qilaman, xomila tirikmi yaqinim bo‘lsayam qilmaganman, lekin ultratovushda bolani jinsini aniqlash uchun kelishadi. 12 xaftadan odatda yuqori aniqlikda ko‘raman. Shu paytgacha aniq natijalar tufayli jins masalasida bemorlarim juda ko‘p. Va qiz bo‘lsa abortni reja qiladiganlari ko‘p bo‘ladi. Qiz desam, abort qilishdan qaytarishga urinaman. Tug‘ing, Alloh farzandni rizqi bilan beradi. Keyingisi o‘g‘il bo‘lar, oldirmang deyman. Lekin ular ko‘pchiligi mani qiz deyishim bilan abortga ketishadi, bilganidan qolmasdan. Man bu xolatda ularning abortiga sherik bo‘lyapmanmi? Albatta men aytmasam xam qiz bo‘lsa abortga qasdlangan ayol boshqa joyda jinsini aniqlatib abort qilishi aniq. Nima qilsam kasbimni davom ettirib ularning gunoxiga sherik bo‘lmasligim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshqa joyda aniqlayversin. Sizda aniqlab sizda oldirsa siz sherik bo‘lasiz. Shuning uchun avvalo siz nima maqsaddaligini so‘rang. Oldirish maqsadi bo‘lsa o‘g‘il bo‘lishi ham mumkin deb ayting. Chunki siz qiz deganlarni barchasi yuzga yuz qiz bo‘lmasligi aniq. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush