Maslaxat va Taklif
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, amakimni qo‘lida Alhamdulillah 10 yildan ortiq shogirt bo‘lib ishlayman. Amakim qolida ishlab Alhamdulillah Alloh izni ila ilm oldim, kasb o‘rgandim, uylandim, ko‘p do‘stlar ortirdim, farzandli ham bo‘ldim bularni bari uchun Allohga bitmas tuganmas shukoronalar bo‘lsin! Yaqinda amakim aytib qoldiki sizlarga biz shuncha mehnat qildik, pul sarfladik, umrimiz, vaqtimiz ketdi sizlar yaxshi bizga kadrlar bo‘lib etishib chiqdilaring endi faqat bizda ishlashga majbursizlar boshqa joyga ishlagani ketsalaring men sizlardan rozi bo‘lmayman dedi. Bu meni hayron qoldirdi va o‘zimni huddi bir erki yo‘q odamday his qildim. Albatta men hech qaerga ketmayman lekin bu amakimni aytgan gaplari meni savollarga ko‘mib tashladi. Ustozlar aytinglarchi aytaylik men boshqa joyga ishga kiradigan bo‘lsam bunga meni haqqim bo‘lmaydimi? Men gunohkor bo‘lib qolamanmi? To‘g‘ri men amakimni eng ishongan shogirdiman men ketsam biznesi ham boshqa odam o‘rganginicha talofat ko‘rishi mumkin. Ustozlar men o‘z erkiga ega odam hisoblanmanmi? (Amakimni qo‘lida oylik olib ishlayman). 2) Ustozlar islom.uz saytidan doim mazza qilib foydalanib kelaman Rahmat sizlarga. Sizlarga bir kichik taklifim ham bor edi. Taklifim shunday : Islom.uz saytlaringizga forsiy(tojikcha) tilini ham qo‘shsangizlar. Ko‘p birodarlarimiz bahramand bo‘lishar edi. Oldindan Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohga shukr qilishni til bilan aytibsiz-yozibsiz. Bandaga shukr qilish degan narsa ham bor. Siz ham vaqtlar kelib katta bo‘lib amakingizni maqomida bo‘lganingizda odamga shukr qilish qanday bo‘lishini tushunasiz. عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " أَشْكَرُ النَّاسِ لِلَّهِ تَعَالَى أَشْكَرُهُمْ لِلنَّاسِ Usoma ibn Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odamlarning Allohga eng ko‘p shukr qiluvchisi odamlarga shukr qiluvchirog‘idir” dedilar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَشْكُرُ اللهَ مَنْ لَا يَشْكُرِ النَّاسَ Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga tashakkur aytmagan kishi Allohga shukr qilmagan bo‘ladi», dedilar».
Sharh: Bu juda e’tiborga sazovor narsa. Demak, o‘ziga yaxshilik qilgan shaxsga rahmat aytib, o‘zining roziligini bildirmagan odam Alloh taologa ham shukr qilmaydigan bo‘ladi.
Shuning uchun bir odam bizga yaxshilik qilsa, unga albatta tashakkur aytib, mukofotlash kerak bo‘ladi.
2. Taklif uchun katta rahmat. Albatta imkon topilishi bilan harakat qilamiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar