Qimorga kirib qolmaydimi
Assalomu alaykum! Men noturar binoni ijaraga berish bilan shug‘illanadigan yuridik shaxsman(MChJ)! Taxminan 150 ga yaqin tadbirkorlik subektlari bilan aniq summa asosida ijara shartnomasi tuzilgan. Shartnomada ijara to‘lovi joriy oydan keyingisida o‘tmasdan oldin 100% qoplanishi kerak deb ko‘rsatilgan! Ayrim tadbirkorlar ijara to‘lovini atayinmi yoki vaziyatdanmi bilmadim albatta shu oyni so‘ngi kunida to‘lov qilishadi. (bunday xolat xar oyda kuzatiladi) Ularni bu xarakati jamiyatimizning davlat oldidagi qarzini to‘lashga masalan soliq, elektr energiyasi, sovuq suv, chiqindi, qo‘riqlash xizmati ishchi xodimlarning oylik maoshini kechikishiga olib keladi! Shunday xolatlarni oldini olish maqsadida shunday shart qo‘yildi : Qaysiki tadbirkor ijara shartnomasidagi to‘lovni oyning 15 sanasi yoki 20 sanasi umuman qaysidir anik sanani belgilab shungacha to‘liq qoplagan tadbirkorlarga xarxil sovg‘alar berib chiqildi. Masalan shkalad, yaxna ichimlik shunga o‘xshagan. Keyinchalik naxd pul ko‘rinishida yutuqli yani lototron ko‘rinishida o‘yin tashkillashtirildi! Yani biz aytgan kungacha ijara to‘lovini to‘liq qoplagan (ijara mikdori kamida 900 ming so‘m yoki 1 mln dan ko‘p bo‘lgan) tadbirkorlar ro‘yxati shakillantirilib lototrongga tashlanadi va ichidan 3 ta yoki 4 ta yoki 5 tasi tanlab olinib shularga naxd pul beriladi! Boshqalarga fakat minnatdorchilik bildiriladi! Bu erda qimor yoki joiz bo‘lmagan xarakatimiz bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida to‘laganlarga sovg‘a berishinglarni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 208 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtida to‘laganlarga sovg‘a berishinglarni zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 208 | Moliya va tijorat