Singan oyoq bilan g‘usl

Assalomu alaykum! Yaqinda oyog‘im singan va singan oyoqqa ustidan temir (Ilizarov aparati) qo‘yilgan. Aparatda simlar (spitsalar) oyoq ichidan o‘tgan. Aparat tizzadan to‘piqgacha. Doktor suv tekkizmaslikni aytdi. Aks holda yiringlab, holat og‘irlashadi dedi. Savolim quyidagicha. Namoz o‘qish uchun shu holatimda qanday g‘usl qilsam bo‘ladi? Simlar o‘tmagan joylarni nam sochiq bilan artsam, g‘usl mukammal bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Suv tekazish zarar qiladigan joylarni bint va ustidan tselofan bilan yopib olib g‘usl qilavering. Keyin tselofanni echib tashlab o‘sha erlarga mash tortib qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:53 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar