Xizmat turi ko‘paysa
Assalomu alaykum! Men bir ishlab chiqarish korxonasida ishlayman, mexanik bo‘lib. Yaqinda uskuna stanoklar ko‘paytirishdi. Men shu qo‘shilgan uskunalarga qo‘shimcha oylik maosh talab qilsam bo‘ladimi? Maoshni qo‘shib bering desam rahbar, o‘zi qoplamayapdi deb o‘zini olib qochyabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ochiq-oydin shartnoma tuzishingiz kerak. Stanok kelgan kunida nechta stanokka xizmat qilasiz, necha soat ishlaysiz bularni hammasini kelishishingiz shariat haqqi edi. Bizda ko‘p insonlar ishchilarni tekinga ishlatish payida bo‘lishmoqda. Bu shar’an harom ish. Borib-borib ishchilar ham tekindan oylik olishga odat qilishmoqda. Oddiy bir taksistni olsangiz boradigan mazilni aytib kira haqini so‘rasangiz “berasizda, o‘tiravering” deydi. Chunki u boradigan manzilini kira haqi necha pulligini aniq biladi. O‘shandan ozini bersa janjal qilib bo‘lsa ham talab qilib oladi. “Beraverasizda” degan gapida esa adashib ketib ortiqcha berib yuborishingizni ta’ma qiladi. Bu ta’ma ham harom. O‘tirayotgan kishi ham har kuni borayotgan joyiga kira haqi necha pulligini biladi. U ham shofyor adashib ketib ozroq aytarmikin deb ta’ma qiladi. Mabodo ko‘proq aytsa har kuni necha pulga kelishini aytib janjal qilib yurib bo‘lsa ham har kuni beradiganini beradi. Bu ham ta’ma, bu ham harom. Bitta ishda ikkita harom. Qanday qilib baraka bo‘lsin? Rahbarni ham holi shu bo‘lsa baraka topmay o‘tib ketadi. Siz ham rahbar ham shariatga amal qilib xizmat haqini aniq qilib olinglar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar