Dindan qaytgan bo‘lsa

Assalamu alaykum! Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim quyidagicha: Mening bir nechta o‘zbek qo‘shnilarim bor, ularga har ko‘rganimda Salom berib o‘taman va ular orasida men tengi qiz ham bor. U bilan juda ahil dugonamiz, keyin bilsam ular Islomdan voz kechib xristian diniga o‘tib olishgan ekan. Shundan keyin turmush o‘rtog‘im ular bilan muloqot qilishimni man etdilar. Men ularga salom bersam yoki gaplashsam bo‘ladimi? Oldindan rahmat aytaman. Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Omin! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ularni “Murtad” deyiladi. Ularga salom berish va musulmonga qilinadigan muomalalarni qilish joiz emas. Alloh taolo O‘zining kalomida Islom dinidan qaytganlar haqida : ...Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida o‘lib ketsa, ana o‘shalar dunyoyu oxiratda amali habata bo‘lganlardir. Ana o‘shalar olov sohiblaridir. Ular unda mangu qoluvchidirlar. (Baqara 217-oyat. “Tafsiri Hilol”). Islom alohida bir e’tiqod ustiga qurilgan nizomdir. Bunda har bir insonni alohida, ommani alohida islohi ko‘zda tutilgan. Murtadlik mana shu intizomni buzguvchi narsadir. Turmush o‘rtog‘ingiz ular bilan muomala qilishni man qilib to‘g‘ri qilibdi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 197 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar