Taloq aytilsa

Assalomu alaykum! Erim menga janjalashib qolganimizda 3 taloqsan deb bir marta ayti, uyimdegilarga aytsam domla fatvo aytadi bu gap bilan ajrashib ketmesan deb majburlab erimni uyiga tashlab ketishdi. Men yutub orqali taloq xaqida izlab eshtib ko‘rdim va Sodik Samarkandiy ismli domla aytgan maruzalarida bir so‘z bilan 3 taloqsan diyilsa bir martaga o‘tadi, demak u eri xotin o‘rtasiga taloq tushmagan degan jumlani aytgan men bilolmayatganim bizni nikoximiz buzimaganmi? Erim bir marta 3 taloqsan degan bo‘lsa nikoximiz buziladimi? U gapdan keyin domla xuzuriga fatvo uchun borishga unamayapti va 2 kundan beri u men bilan yaqinlik qilyapti buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oraga uch taloq tushgan. Birga yashashga yo‘l yo‘q. U samarqandiy degan odam bemazhab bo‘lib, uni gap olinmaydi. To‘rt mazhabda uch taloq bo‘ladi deyilgan. Birga yashasanglar hamma ishlar zino bo‘lgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar