Hayotga qiziqishim qolmadi hamma narsa zerikarli

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Men nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti talabasiman. Ismim otabek. Bu savolni javobini saytdan topomadim. Hozir ahvolim molyaviy jihatdan narmalniy. Prablemalaram uncha ko‘pmas va qiyinmas. Lekin negadir hayotga qiziqishim qomadi. O‘zimni dunyodagi eng baxtsiz kishiday his qilaman. Hayotimda mano qomadi. Daxshat zerikdim. O‘zimni yolg‘iz his qilaman. Agar kimdir bilan urshib qosam. U unday qivoraman bunday qivoraman desa o‘ldirsangham baribir deyman. To‘g‘risi uylangim kelyapti. Agar o‘qishga kirmaganimda 2023 yil bohorda uylanmoqchi edim. endi tahminan 2027 yilgacha kutaman chunki ota onam o‘qishni bitirib ish topib keyin uylanasan devotti. Ko‘cha kuyda islomiy oilalarni ko‘rsam , eriga hasat bilan qaraydigan bob qoganman. Ichim eziladi. Nega unda soliha ayol boru menda yo‘q deb. Soliha hijobli qizlarni ko‘rsamham ichim daxshat eziladi. Menga ham shunaqa umir yoldosh nasib qilar mikin deb. Shu alamdan nimadirqib qutulsam bo‘ladimi iltimos maslahat bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezroq uylaning. Alloh nasib qilsa, baraka va yaxshilikka sabab bo‘ladi. Niyatingizni to‘g‘ri qiling. Zerikmaslik uchun emas, sunnatga amal qilib deb niyat qilib uylaning. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar