Qarz muddati kelsa ham bermaydiganlar
Assalomu alaykum! Uyda magazinim bor. Odamlar qarz so‘rab kelishadi, men ularga ishonib qarz berganman, lekin ular aytgan vaqtida berishmayapti. Bir kunni muddat qilsa va aytgan vaqtida bermasa keyin yillar o‘tib, narxlar ko‘tarilib ketgan vaqtda va hohlagan vaqtlarida berishsa bunday olgan narsalari ular uchun halol bo‘ladimi? Dinimizda ataylab qarzni kechiktirish haqida nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ مَطْلُ الْغَنِيِّ ظُلْمٌ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Boyning (qarzni) kechiktirishi zulmdir...” (Buxoriy rivoyati).عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيُّ الْوَاجِدِ يُحِلُّ عُقُوبَتَهُ وَعِرْضَهُ... Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi:
“Moli borni kechiktirishi uni jazolashni va obro‘sini to‘kishni halol qiladi...”(Buxoriy rivoyati).
Lekin, shariatimizda qarzni kechiktirishga moliyaviy jazo tayin qilinmagan. Faqih va muhaddislarning barchalari hadisda kelgan uqubat (jazo) lafzini moliyaviy jazo deb tafsir qilmaganlar. Shuningdek, jazo berish ixtiyori ham hukumat qo‘lidadir. Haqdor qarzdorni jazolash huquqiga ega emas. Qarzdor haqni kechiktirishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalaridan beri davom etib kelayotgan musibatdir. Lekin, biror faqih moliyaviy jazoni amaliyotga tatbiq qilmagan.
Xaridorni vaqtida to‘lay olmasligi yoki vaqtidan kechiktirishi mumkin bo‘lsa, biz yuqorida aytib o‘tgan garovga olish, vaqtida to‘lay olmasa, molning qiymati naqdga aylanish shartlari orqali undirib olishi mumkin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat