Qur’on tilovatida ham mazhabga qaraladimi?

Assalomu alaykum! Menga bir tanishim Qur’on tilovatini o‘rganmoqchiman internetdan birorta qiroat qilgan insonni qiroatlaridan tortib ber dedi. Va bizni mazhabga tushsin dedi. Shunda ikkilanib qoldim. Qur’on tilovatida ham mazhab bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mazhabga qaralmaydi. Umuman hozir ko‘p joylarda imom Osimdan rivoyat qilingan Hafs qiroati bo‘yicha qiroat qilinadi. Undan boshqa Varsh, Qolun tilovatlari bizda keng tarqamagan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar