Taloq tushishiga sababchi bo‘lganimizmi

Assalomu alaykum! Opam turmushga chiqgan oila yomon oila bo‘lib chiqdi. Opamni kasal bo‘lsa davolatmadi. Davolatsa xam kechikib davolatdi. Natijada kasali surunkali bo‘ldi. Bir kun opam bir parcha qog‘ozga “Mani bu erdan olib ketinglar. Olib ketmasalaringiz o‘lib qolaman” deb yozib uni ko‘rishga borgan odamdan berib yubordi. Shundan keyin biz opamni sog‘ligini tiklash uchun uning oilasiga aralasha boshladik. Buning natijasida qudalar orasida bir nechta katta janjallar bo‘ldi. Shundan so‘ng ota-onam opamni eri bilan ajrashtirishga qaror qildi. Ajrashishdan oldin to‘yga olib berilgan mebellar va boshqa buyumlarni qudalardan olish uchun tegishli joyga ariza bilan murojaat qildik. Bizning eng katta xatomiz qudalardan to‘yga olib berilgan mebellar va boshqa buyumlarni olishga xarakat qilganimiz. Buyumlar bilan bog‘liq janjalda opamni eri unga jaxl ustida bir necha marta 3 talaqsan deb aytgan. Shunday bo‘lsada xozir ular birga yashab kelmoqda. 1 nafar farzandi bor. Biz buyumlarni olishga xarakat qilmaganimizda opamga uch taloq tushmas edi. Taloq tushushiga sababchi bo‘lganimiz uchun gunoxkor bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni aytishingizcha kuyov bola bir necha marta “uch taloqsan” degan bo‘lsa birinchi aytishida opangiz bilan erini orasida nikoh uzilib, boshqa birga yashashga yo‘l qolmagan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar