Emizikli ona dieta tutishi

Assalomu alaykum! Emizikliman 5 oylik chaqalogim bor. Bolamda oziq ovqat maxsulotlariga allergiya borligi sababli menga juda ko‘p maxsulotlar istemol qilish mumkin emas. Dieta tutayotganim sababli sutim xam kamayib ketyapti. Mumkin bo‘lmagan maxsulotdan ozgina esam yuzlari va badaniga allergiya toshib ketyapti. Bolamni xam qiynab qo‘yyapman, o‘zim xam xolsizlanib qolyapman. Shu xolatda emizishdan chiqarib yuborsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Bu uzr hisoblanadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar