Parranda ozuqasi

Assalomu alaykum! Tuxum yo‘nalishida boqiladigan bedanalarga beriladigan ozuqasini 5 foiziga “go‘sht-suyak uni” qo‘shilarkan, buni tayorlashda fermalardagi jo‘jalarni 1 kunlik paytida tovuq xo‘rozlarini ajratib, keyin xo‘rozchalarini pechkaga tashlasharkan. Yana o‘lgan tovuqlarni ham tashlasharkan, keyin drobilkada maydalab bedanalarni ozuqasiga qo‘shisharkan. Shu ozuqani olib bedanalarni boqib, tuxumi va go‘shtini sotib topgan pullarimiz halol bo‘ladimi? 2. Bedanalar ko‘proq ozuqa eb, ko‘proq tuxum berishi maqasadida ular boqiladigan xonadagi chiroqni ertalab soat 6:00 da yoqib, kechasi 23:00 da o‘chiriladi shunday qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Harom deb bo‘lmaydi. Tirik jo‘jalarni pechkaga solib kuydirish joiz emas. 2). Sharoit shuni talab qilsa va haqini to‘layotgan bo‘lsangiz mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:13 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar