Namoz xaqida savol 1

Assalomu aleykum, xazrat.Men xozir Kuala Lumpur shaxrida turaman. Namozga oid bir nechta savollarim bor edi.1. Uyimizni yonidagi masjidda xam ishxonamdagi masjidda xam shofeiy mazxabida namoz o‘qiladi. Farz namozlarda imomga iqtido qilib o‘qiganimda men xam ularni mazxabida o‘qiyman. Sunnat namozlarini o‘zimizni xanafiy mazxabida o‘qiyman. Shu to‘g‘rimi? Oxirgi vaqt namozlarimda chalkashlik bo‘lib qolyapti. O‘zim bilmagan xolatda ba’zi amallarim shofeiy mazxabida ba’zilari o‘zimizni mazxabda bo‘lib qolyapti. Shunga xamma namozlarimni o‘zimizni xanafiy mazxabida o‘qisam bo‘ladimi?Raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jamoatda ular bilan o‘qishingiz joiz.

27 May 2022, 01:03 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar