Kur’oni karimni yod olish

Assalomu alaykum! Men 300 kunda Qur’onni yodlash dasturini ko‘rib chiqdim. U erda asosan kuniga ikki sahifadan yodlash kerakligi yozilgan. Eshitishim bo‘yicha qorilar 3-4 yil umrini sarflashgan. Iltimos maslahat bersangizlar, kuniga ikki sahifadan yodlash uchun kun tartibini qanday rejalashtirish kerak? 300 kunda Qur’onni yodlash amaliyotiga ega bo‘lganlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 300 kunda Qur’onni yodlash amaliyotiga ega bo‘lganlar juda ko‘p. Asr bilan shom orasida o‘qimasdan boshqa vaqt qanday bo‘lsa ham sanoqni etkazishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 177 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar