Porada Ahdga vafo kerakmi

Hurmatli Shayx Xazratlari. Menda bir muammo paydo bo‘ldi, Men institutni tamomlayapman, bitirish oldidan diplom ishi yoziladi. institutimizda ko‘p bollar buni domlalarga pulga yozdirishyapti. men o‘zim yozaman desam hech bir domla menga ilmiy rahbar bo‘lishni hohlamadi. Ahiri bitta domla oldi. men ishimni o‘zim yozib tugatdim. Domlam hatto tuzuk quruq tekshirib ham bermadi. Men boshqa domlalarga iltimos qilib tekshirtirib yurdim. Bugun domlam menga pul bermasen bo‘lmedi, o‘zing yossen ham berasan deb turib oldi. Ahiri men Diplom himoyasidan keyin ellik ming so‘m berishga noiloj rozi bo‘ldim. endi nima qilishga hayronman. 2-3 kundan keyin himoya kuni. maslahat bering iltimos. Alloh sizni ilmingizni ziyoda qilsin. Menga ham duo qiling men Qur‘on ta‘limini boshlayapman Alloh meni ham Qur‘onni hifz qilishimni nasib qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Va’da qilib, diplomni olgandan keyin bermasangiz, bo‘ladi.

3 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar