Jonli suhbatdan so‘ng tug‘ilgan savollar

xazrat. "Uyali telefonlar biznesi" va "kompyuter dasturlari" mavzusidagi suhbatdan so‘ng savollar tug‘ildi."Uyali telefonlar biznesi" bilan ya‘ni "o‘g‘irlangan" hukmidagi telefonlarini o‘zbekistonga opkelib sotish biznesi bilan anchadan beri shug‘ullanganmiz. Saytingizda ozmi ko‘pmi ilm o‘rganip ko‘nglimda gumon bo‘lganidan keyin sizdan ishimiz harom yoki halolligini so‘rashga jazm qilganidim. Alhamdulillah qoniqarli javob ham oldim. Ishimizni to‘xtatdik ham. Lekin qo‘limizda 3-4 ta telefonlarimiz bor. Ayrimlaridan o‘zimiz ham foydalanamiz. Qolgan telefonlarni sotib foydasini sadaqa qilay desam o‘zimni ham qarzlarim bor. 1. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz? "kompyuter dasturlari" bo‘yicha ham qoniqarli javob oldim. Alhamdulillah. Aytganingizdek xo‘jayinimiz bilan suhbatlashdim. Faqat masalani qonun jihatini ko‘rsatdim. Xo‘jayin rozi bo‘ldilar lekin hozircha sharoit yo‘qligini va sharoit bo‘lishi bilan Li’enziyalangan dasturlar ishxona kompyuterlariga qo‘yishimizni aytdilar. Lekin qachon sharoit bo‘ladi bilmadim. Ishdan bo‘shamasdan sharoit bo‘lishini kutaman desam oradan ancha vaqt o‘tib ketishi mumkin. Bo‘shay desam ishxonani botqoqga botirip qochip ketayotgandek bo‘layapman. 2. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz? 3. Bizni yurtda sizdek ustozimiz borligiga Allohga hamdlar bo‘lsin. Umringizga rizqingizga o‘zi barakot ato etsin. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin. Ko‘p oy ko‘p yillarga shogirdlik maqomida yurish bizlarga ham nasib qilsin. Haqqimizga duo qiling. Biza ham hamisha duodamiz ustomiz.Hurmat Ila Umarxon
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
3. Alloh taolo doimo halol yashashni barchamizga nasib etsin!

27 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar