Chet elda yashash

Assalomu alaykum! Shu kunlarda meni bir savol o‘ylantirib qo‘ydi. Misol uchun men chet elda (albatta musulmon davlatlardan birida) umrbod yashashni niyat qildim deylik. Farzandlarimni ham chet elda tarbiyalamoqchiman. Lekin O‘zbekistonga kelib ketib turaman. Bu masalaga shariatimizda qanday qaraladi? 2). Biron inson chet davlatda yashab vafot etsa va jasadini vataniga dafn etilishini vasiyat qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qaerda yashashingiz ixtiyoringiz, buni dinga aloqasi yo‘q.2). Musulmon odamni qaerda bo‘lsa ham musulmonlar qabristoniga ko‘milsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar