Doim taxoratli yurish
Assalomu alaykum! Man har doim taxoratta yurishni xohlayman, tayammum qilsam shu hukmda bo‘lamanmi? albatta namoz, mushafni ushlashga taxorat qilaman, faqat shoshilinch vaziyatlar ham bo‘ladi taxorat olishga ulgurmayman. Taxoratli yurishim uchun doim tayammumda qilib yursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tayammum qiluvchi kishi aynan tahorat uchun yoki junublikdan poklanish uchun deb niyat qilishi shart emas. Balki tahorat bilan ado etish lozim bo‘lgan birorta ibodatni ado etish niyati bilan tayammum durust bo‘laveradi. Masalan: “namoz o‘qish uchun tayammum qilishni niyat qildim”singari. Shunga ko‘ra bir kishi dars qilishni niyat qilib tayammum qilsa, tayammum hisoblanmaydi. Chunki tayammum faqat tahorat bilan ado etish lozim bo‘lgan ibodat niyati bilan durust bo‘ladi.
Tayammum faqatgina haqiqiy yoki hukmiy ma’noda suv topilmagan o‘rinlarda joiz bo‘ladi. Suv bilan tahorat olish imkoni bo‘lgan vaqtda tayammum qilish joiz emasdir. Bu borada “Raddul muhtor” hoshiyada quyidagi ibora keladi: فيفيد أن التيمم لما لم تشترط له الطهارة غير معتبر أصلا مع وجود الماء، إلا إذا كان مما يخاف فوته لا إلى بدل، فلو تيمم المحدث للنوم أو لدخول المسجد مع قدرته على الماء فهو لغو “Agar suv topilsa, tahorat shart qilinmagan narsalar uchun tayammum e’tiborga olinmaydi. O‘rindoshi bo‘lmagan ibodatlarda qazo bo‘lib qolishi xavfi bo‘lsa, tayammum qilinadi. Shunga ko‘ra suv bor paytda tahoratsiz kishi uxlash uchun yoki masjidga kirish uchun tayammum qilsa, bu lag‘v-bekor hisoblanadi.” Vallohu a’lam!
11 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 185 | Ibodatlar