3 taloq evaziga jarima
Assalomu alaykum! Mastlikda er va osmonni farqini biladigan axvolida er xotiniga 3 taloq degan. Bilishimcha begona bilan nikoxlanganidan keyingina qaytadan nikoxlanish mumkin, lekin bir domla "xozirgi vaqtda ulamolarimiz engillik filishgan 7.800.000ming to‘lansa nikox o‘qib qo‘yiladi" dedi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Agar erni puli bo‘lmasa bu pulni ayolini oilasiga to‘latishi xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jarima evaziga nikohlash dinimizda yo‘q. Ayniqsa uch taloqga. Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush