Namozim to‘g‘ri bo‘lganmi?
Assalomu alaykum! Bugun juma mav’izasida imom domla ota-onaga yaxshilik qilish borasida gapira turib, har kuni o‘n ikki marotaba namozimizda Allohummag‘firliy duosini o‘qimiz dedilar. Mandan sovuq ter chiqib ketti. Sababi studentlik yillarimda namoz o‘qishni «Men ham namoz o‘qiman» kitobidan namozni o‘rganib boshlaganman. Uydagi boshqa kirilchada yozilgan kitobda ham Attahiyot, salovat va Robbana duosidan so‘ng salom berilib namoz tugatiladi deb o‘rganganman. Men Allohummamag‘firliy duosini o‘qimaganman. Endi mani shuncha yil o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni tark qilish bilan namoz bekor bo‘lmaydi. Namozni farz va vojiblarini o‘rganing. Namozni farzini tark qilsa namoz buziladi. Qolganini tark qilish bilan namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 06:27 | Savol-javoblar | 156 | Namoz