Muallif ruxsatisiz nusxa olish

Assalomu alaykum "Mualliflar ruxsatini olmasdan turib ularning asarlari ( kitobi (diniy ,dunyoviy) ya’ni bu kabi kitoblarning internetda tarqalgan elektron shakllaridan yoxud internet sahifalaridagi ma’lumotlar, masalan ,sizlarning ushbu Zikr ahlidan so‘rang ning savol-javoblari)ni nusxalab olib o‘zim uchun va savob umidida bepul holicha birodarlarimga o‘zim kitob shakliga keltirib berishim harom amalmi ? 2. Ya’ni aytganlarim o‘sha ma’lumotlar elektron kitob holida , yoki Internetda video yoki rasm shaklida menga ijtimoiy tarmoqlardan kelib qoladi va ba’zan ayrim ma’lumotlarni o‘zim izlab topaman ( ma’lum bir sohaga oid testlar, tabobatga oid ma’lumotlar, rasmlar va shu kabilar.Ularni egasi aslida foydalanuvchilar uchun taqdim etgan ,deb o‘ylab mualliflaridan so‘ramasdan foydalanaman, va Ba’zan malumotlarni tarjima qilish orqali foydalanib tayyorlov kurslarida Qo‘llanma sifatida ishlataman. Bayon qilganlarim ichida nusxalab foydalanishning halol bo‘lganlarini yozib izohlashingizni kutib qolaman . 3. Agarda yuqorida yozganlarimning barchasi Dinimizda harom bo‘lsa qanday Halol yo‘l bilan ularni amalga oshira olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Harom emas. To‘plaganlaringizni bizga tegishli bo‘lganini tashlasangiz ko‘rib beramiz. 2-3). Ruxsatini olasizda. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar