Otani so‘kish
Assalomu alaykum! Meni bir do‘stim bor. U nomozxon ko‘p maruzalar tinglaydi dinga beparvo emas deb gumon qilaman. Lekin uni otasi bilan muomilasi yaxshi emas, otasi ichkillikka o‘rganib qolgan agar pul topsa xar kuni ichadi va oilasini tinchini buzadi. Shu sabab do‘stim otasiga yaxshi muomila qilmaydi. Yaqinda do‘stim otasini shunaqangi so‘kayotganini eshitdim bunday so‘kishga ilon po‘st tashlaydi eng eng eng yomon so‘zlar bilan xaqorat qildi bu shunchaki Daxshat edi. Kegin otasi qo‘lini ko‘tarib qarg‘adi, shundaxam do‘stim tinchimadi xoxlaganingcha qarg‘a deb shunaqangi so‘kdi. To‘g‘ri otasini yomon odatlari bor lekin shu darajada so‘kish kerakmidi xatto o‘ldiraman deb xam taxdid qildi. Shu kabi insonlarga nasixat qiling iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar shunday ketsa holiga voy bo‘ladi. Otani ko‘nglini og‘ritmaslik kerak. Ota-ona nima ayb qilsalar ham farzandlar o‘z burchlarini qilib ularni ehtirom qilishlari kerak. Allohga osiy bo‘lmagan holatda ularga itoat qilish zarur. Otasiga bunday qilishi oq bo‘lib dunyo-oxiratda xor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. وجاء أيضا عن عبد الله بن عمرو رضي الله عنهما عن النبي صلى الله عليه وسلم قال : رضى الرب في رضى الوالد , وسخط الرب في سخط الوالد رواه الترمذي Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Robbning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar.
Alloh taolo "Isro" surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan.
Fuqaholarimiz: “Ota-ona xato qilsa, ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi”, deganlar. Ota-ona bilan bahslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham bahslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْوَالِدُ أَوْسَطُ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ، فَإِنْ شِئْتَ فَأَضِعْ ذَلِكَ الْبَابَ أَوِ احْفَظْهُ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, volid (ota-ona) – jannat eshiklarining eng yaxshisidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang, uni zoe qil, xohlasang, muhofaza qil», dedi».
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar