Er va ayol zakoti

Assalomu alaykum! Er va ayolning tillari umumiy xisoblanadimi, masalan erning tilla soati va uzugi bo‘lsa, lekin undan foydalanmasayu, ayolning tillalari bilan birga tursa, ular uchun zakotni ayol to‘laydimi? 2. Qazo namozlari aniq bir vaqtta o‘qiladimi yoki 5 maxal namoz vaqtida xar biri (bomdodda bomdod qazosi) qo‘shib o‘qib boriladimi? 3. Shayximizning bir javoblarini o‘qib koldim, lekin noto‘g‘ri tushundimmi deb aniqlashtirib olmoqchiman. Qazolarni o‘qigan xolatta vaqtida o‘qilayotgan namozlarimizni sunnatlari o‘qilmaydimi, yani ularning o‘rniga qazo farzlar o‘qisa xam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Er o‘zinikiga ayol o‘zinikiga zakot chiqaradi.2). Qanday bo‘lsa ham o‘qilsa bo‘ldi. 3). Qazolarni ham sunnatlarni ham o‘qiladi. Birini tashlab o‘rniga boshqasini qo‘yish kerak emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 151 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar