Otamga namozda ergashish

Assalomu alaykum! Men, uydaligimizda otamga ergashib namoz o‘qiyman. Lekin, otam namozda "Sano"dan so‘ng "Aʼuzu billahi"ni aytmay, basmala bilan Fotihani boshlaydilar. Ruku’dan turganda gavdani to‘liq tikkalamay sajdaga ketadilar(quvvatlari etadi), namoz so‘ngida salavotdan keyin salom bermay turib, "Robbana aʼtina" duosini o‘qiydilar. Qolaversa, xozir tajvidni o‘rganayotganim sababli, qiroatim nisbatan yaxshiroq. Shu holda, otamga ergashib namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ergashsangiz ham qayta o‘qib oling. Diliga tegadigan gapni aytib qo‘ymang. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar