Chaqaloqning yo‘ldoshini ko‘mish

Assalomu alaykum! Chaqaloq tug‘ilgandan undan kegin yo‘ldosh ham tushadi. Shu yo‘ldoshni albatta mevali katta daraxt tagiga ko‘mish kerak "shunda bola serfarzand bo‘ladi" deyishadi, nobud bo‘lgan 3-4 oylik chaqaloqlarni ham shunday qilish kerak ham diyishadi bu bor narsami? Yoki oddiy erga ko‘msa ham bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘ldoshni odamning tirnog‘i va sochi kabi ko‘mish mustahab hisoblanadi. Mevali daraxt, serfazandlik degan gaplar yo‘q. Oddiy erga ko‘milsa kifoya. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar