Ko‘p qavatli uylarda hojatxona

Assalamu alaykum! Men ayni vaqtda Rossiyada yashayman. Sobiq shu’ro davlati vaqtida qurilgan ko‘p qavatli uylarning vanna bilan hojatxona bir xonada joylashgan. Tahoratli bo‘la turib, bir yumush tufayli kir bo‘lgan qo‘lni yuvish uchun o‘sha erga(ya’ni vannaxonaga) kirsa, tahorati ketadimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uning buzuvchisi: ikki yo‘ldan yoki ulardan boshqasidan chiqqan narsa, agar u najas bo‘lsa va poklanadigan joyga oqsa. Yoki suyuq qonni qayt qilish, agar u bilan tupugi qizarsa. Agar u bilan tupuk sarg‘aysa, hisob emas. Undan (suyuq qondan) boshqasini qayt qilish ham, agar og‘izni to‘ldirib chiqsa. Balg‘am tashlash aslo tahoratni sindirmaydi. Betahorat qilmaydigan narsa najas emasdir. Suyangan narsasi olib tashlansa, yiqilib tushuvchining uyqusi. Hushidan ketish. Jinni bo‘lib qolish. Balog‘atga etgan kishining to‘la-to‘kis namozda qahqahali kulishi. Uyat joylarning kiyimsiz holda bir-biriga tegishi. (Kifoya).
Yuqoridagilardan boshqa biror bir amal tahoratni ketkizmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 144 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar