G‘ayridinlar qabristonida duo qilinmaydimi
Assalomu alaykum! Men har doim qabiriston oldidan o‘tib ketsaam joylari jannatdan bo‘lsin deb omin qilaman. Bir kun bir qabiriston oldidan o‘tib ketib har doimgidek omin qildim. Yonimdegi sherigim bu ruslarning qabri ularning qabriga omin qilib bo‘lmaydi deb aytdi. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibdi. Alloh taolo "Tavba" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تُصَلِّ عَلَى أَحَدٍ مِّنْهُم مَّاتَ أَبَدًا وَلاَ تَقُمْ عَلَىَ قَبْرِهِ إِنَّهُمْ كَفَرُواْ بِاللّهِ وَرَسُولِهِ وَمَاتُواْ وَهُمْ فَاسِقُونَ 84. Va hech qachon ulardan o‘lgan birortasiga ham (janoza) namoz o‘qima, qabri ustida turma. Chunki ular Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida o‘ldilar.
Tavba qilmasdan, fosiq – dindan chiqqan holida, munofiqlik holida, ya’ni Allohga va Uning Rasuliga kufr keltirgan holatda o‘lganlarga nisbatan ana shunday munosabatda bo‘lish kerak. Chunki janoza namozini o‘qish, qabri ustida turish o‘lgan uchun katta hurmat va e’zozdir. Bu ulkan hurmat va e’zozni haqdor kishilarga qilish kerak. Munofiq va fosiqlar bunga loyiq emas. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar