Maksad kanday bolsin?

Assalomu alaykum! Bir makola okiyotganimda shu oytga duch keldim. «Kim (o‘z amali bilan) oxirat ekinini (ya’ni, savobini) istar ekan, Biz unga ekinini(ng hosilini) mo‘l-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o‘shandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmas!» (Shuaro surasi, 20-oyat) deb aytganidek. Ozim ilim izida yurgan shaxsman ilimdan maksadim kopincha dunyo matosiga karatilgan oyatni okiganimdan song ozimga maksadlarimga nisbatan ikkilanish uygondi.Savolim kanday niyat kilishim kerakligida agar niyatim maksadim birinchi navbatta oxirat dunyosiga song bu duyo matolariga karatilgan bolsa boladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Shuaro” emas “Shuuro” surasida. Oxirat ishini dunyo matosini topish uchun qilish to‘g‘ri emas. Masalan namozni farz bo‘lgani uchun Allohni roziligini topish uchun o‘qiladi. Kimdir ishimga baraka kirsin deb o‘qisa bu Alloh uchun bo‘lmay qoladi. Aslida kim Alloh uchun o‘qisa uning ishiga ham umriga o‘z-o‘zidan barka qiradi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 126 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar