Maslahat so‘rab

Assalomu alaykum! Kadirli ustozlar xolis maslaxatlaringiz kerak. Savol javoblar bilan tanishdim, men izlagan savol xam javob xam yuk ekan. Onamni rayi bilan uylangan edim, muximi onam rozi bulsa buldi deb xayotga tan berib, oila masuliyatini buynimga olgan edim. Kup vakt utmay, kelin yopik kiyimni xoxlamayman, uyda utirishni xushlamayman degan mashmashalari chika boshladi. Men chetga ishga ketgach, kelin uydan kochib ketaveradigan otdat chikaribdi. Oxirgi safar men xammasini bilib koldim. Sevmasam xam rashkim yomon. Uyga kaytsin, ikki oyda boraman dedim, 3 kun kutdim. Yana aytdim, oxiri sen bilan yashashim mumkin lekin uyingdagilar bilan yashamayman dedi. Men xotirjam uylab kurishini, tez orada Uyga kaytishimni, keyin uzim bilan birga olib kelishimni aytdim. Kunmadi. Kiz taraf ancha uziga tun edi. Xammasini uylab, unga bulmasa talok kuyishimni aytdim. U xam eski gapini kaytardi. Keyin xafagarchiliksiz talok dedim va xolixam Uyga kaytsa borib kayta nikox kilib yashaymiz dedim. U Yana uzini gapini aydi. Va shu xol 3 talokgacha davom etdi. Xafa bulish urniga xotirjam buldim, chunki bunaka kucha kizi bilan yashay olmasdim. Oradan yillar utdi,men uzimga mos juvonni topdim. Urangan, namoz - ruzasini, odob axlokini bajaradi. Uni yoshlikdan taniyman, Uni oilasi xam uxshamagan, farzandi bor. Shu juvonga uylanmoksiman lekin endi onam karshi,, senga Kiz olib beraman "degani degan. Birinchi turmushimni esladim,tuydan bu kunisiga onam menga,, kelining yokmadi" deganini, unda nega kelin kildingiz desam,, onasi bordi keldini yaxshi kiladi "degani suzini esladim. Onamni yaxshi kuraman lekin bu safar karshimi yo yuk juvon bilan oila kurishga karor kildim. Uni uyidagilari rozidek. Kup yozdim maslani tushunarli bulishi un. Savoli shu ishni kilsam onamgo ok bulib kolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oqq bo‘lmaysiz, lekin chiroyli tushuntirib duo va rozilik olib turmushdan keyin ayolingizni qizidek qaraydigan qilib uylaning. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar