Iddadan chiqishda
Assalomu alaykum! Hozir qaynonam idda amalini bajarib uyda o‘tiriptilar. Iddalari tugagach o‘ziga qarab yasanib, surma qo‘yib, taqinchoq taqsa bo‘ladimi va ukasining yoki singlisining uyiga jiyanining to‘ylariga borsa boradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Motam ayol kishining eri o‘lganda 4 oyu 10 kun, boshqa qarindoshi o‘lganda 3 kun pardoz-andoz va ziynat qilmay turishidir. Boshqa narsa motamga kirmaydi, motamdagi ayol surma surtmaydi, xushbo‘y surtmaydi, bo‘yog‘i ustidan bo‘yalgan kiyim kiymaydi. Motamdan keyin bir xushbo‘y sepibmi boshqa narsa bilanmi, motamdan chiqqanini bildirib qo‘yishi kerak. Idda tugagandan so‘ng bosa bo‘ladi, ammo nomahramlar ko‘ziga ko‘rinadigan joyda siz aytgan holda ko‘rinish gunoh. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 144 | Ayollarga oid masalalar