Qazi

Assalomu alaykum! Hozirda tayyorlanayotgan ayrim qazilarda ishlatilayotgan ichaklar Mo‘g‘uliston davlatidan import qilinar ekan. Qazi tayyorlayotgan qassob go‘shtni avval suniy ichakka solib, so‘ng chetdan kelgan ichakka solar ekan. Go‘sht avval suniy ichakka solingani uchun chetdan kelgan ichakka tegmaydi, lekin pishirish asnosida igna bilan teshiladi.
Shu qazini iste’mol qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar