Dissertatsiya yohud birovni o‘rniga yozilgan maqola

Assalomu alaykum! Mening savolim ilmiy ish qilish xaqida edi. Bilamizki, biror fan olimi bo‘lish uchun ilmiy ish ya’ni dissertatsiya himoya qilish kerak. Men anchadan beri dunyoviy ilmlarni o‘zlashtirib kelaman. Atrofimda hamkasblarim bor. Ular o‘zini o‘rniga ilmiy maqola yozib berishimni va dissertatsiyani bir qismini yozib berishimni so‘raydi. Insonni yuzi issiq, shuning uchun yo‘q deya olmasdan hop deb qilib beraman. Shunda yuragimda bir savol paydo bo‘ladi men gunoh qilmayapmanmi degan. Meni fikrim bo‘yicha, agar ushbu men yozib bergan maqolalar va dissertatsiya yordamida ular ilmiy daraja olsa, ushbu ilmiy darajasi yordamida pul topsa u pul u uchun horam bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, ba’zan yo‘q deyman va undan ko‘ra o‘rgatay deyman lekin ular mendan qattiq hafa bo‘lib oladi va yana yuragim yumshab yozib beraveraman. Iltimos menga yo‘l ko‘rsating, bu holatda qanday yo‘l tutay. Ushbu holatda men va mening hamkasblarimga qanday hukm mavjud.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zlari qilishi kerak bo‘lgan ishni qilib berishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 140 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar