Tikuvchilik gunohmi?

Assalomu alaykum! Men tikish bichish va chizishga qiziqaman, lekin chizish islom dinida noto‘g‘riligini eshitib chizishni tashladim. Hozirda men tikishni chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lganimda, menga tikish ham gunoh, tikuvchi har bir isrof qilgan matosiyu ipini millimetrigacha javob berishi kerak bo‘ladi deyishdi. Men dinimiz uchun kasbimni tashlashga roziman, lekin ko‘p odamlar buni tasdiqlashmayabti. Siz nima deysiz ustoz? Bu rostan ham bor gapmi? Tikuvchilik gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tikuvchilik kasbi nojoiz emas. Gunohga yordam bo‘lmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:44 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar